2021– yilning 9 oyida viloyatning Shovot tumanida 1 488,2 mlrd.so‘mlik qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilgan va 2020- yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 102,1 % darajada qayd etilgan.
Tumanda ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 36,3 % dehqonchilik mahsulotlari, 63,7 % chorvachilik mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Shovot tumani meva (17 977 t.) va go‘sht (tirik vaznda, 15 627 t.) yetishtirish bo‘yicha viloyatda yetakchilik qilgan.
Axborot xizmati