2023- yilda butun mamlakatimiz miqyosida o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olishning mohiyatini fuqarolarimizga tushuntirish va keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib qilish maqsadida tashkil etib kelinayotgan tadbirlar viloyatimizning barcha hududlarida davom etmoqda.
Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad, uning yakunida olinadigan ma’lumotlarning mamlakatimiz iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishidagi ahamiyatiga bag‘ishlangan ana shunday tadbirlar shu yilning 22-23- noyabr kunlari Xonqa tumanidagi 4-sonli, Bog‘ot tumanidagi 44-sonli hamda Yangiariq tumanidagi 5- sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, Hazorasp tuman hokimligida, Tuproqqal’a tumanidagi “Shexlar” hamda Yangibozor tumanidagi “Shirinlar” mahalla fuqarolar yig‘inlarida tashkil etildi.
Axborot xizmati