2021- yilning 1- noyabr holatiga viloyatda davlat ro‘yxatidan o‘tgan tijorat korxonalari soni 23 168 tani tashkil qilgan, shundan 93,8 % yoki 21 723 tasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalarining tarkibida tashkiliy-huquqiy shakliga ko‘ra korxonalar ulushi (% da):
- MChJ – 52,5 %,
- Xususiy korxonalar – 26,4 %,
- Oilaviy korxonalar – 19.7 %,
- Unitar korxonalar – 0,5 %,
- Aksiyadorlik jamiyatlari – 0,1 %,
- Boshqa korxonalar – 0,8 %.
Ma’lumot uchun: joriy yilning yanvar - oktabr oylarida viloyatda 3 704 ta yangi tijorat korxonasi tashkil etilgan.
Axborot xizmati