Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- noyabr holatiga viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar sonining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 609 taga oshib, o‘sish sur’ati 117,0 % ni tashkil qilgan.
2016-2021- yillar kesimidagi tahlillar, ushbu ko‘rsatkichning eng yuqori o‘sish darajasi 2019- yil (yanvar-oktabr) da kuzatilganini va 124,2 % ga teng bo‘lganini ko‘rsatgan.
Eng quyi o‘sish sur’ati 102,8 % ni tashkil qilib, 2017- yilning mos davrida qayd etilgan.
Axborot xizmati