Xiva shahrida boshlangan aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish ishlari belgilangan tartibda davom etmoqda.
Bugun, 19- noyabr kuni ertalabdan ro‘yxatga oluvchi xodimlar o‘zlariga berkitilgan hududlardagi xonadonlarda savollar varaqasi va planshetlar yordamida aholini ro‘yxatdan o‘tkazish ishlarini boshladilar.
Davlat statistika qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston hamda Xorazm viloyati statistika boshqarmalari mas’ullaridan tashkil topgan ishchi guruhi ro‘yxatga olish jarayonlarini talab darajasida tashkil etilishi va o‘tkazilishi bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatib bormoqda.
Axborot xizmati