Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2021- yilning yanvar-sentabr oylarida 24 ta xorijiy davlatga qiymati 220,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 217,3 ming tonna polietilen eksport qilgan.
Polietilen eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 52 ming tonnaga kamaygan.
2021- yilning 9 oyida O‘zbekiston eng ko‘p polietilen eksport qilgan davlatlar:
Turkiya – 61,1 ming tonna
Rossiya – 42,9 ming tonna
Xitoy – 40,2 ming tonna
Latviya – 25,3 ming tonna
Qozog‘iston – 20 ming tonna
Ukraina – 14,6 ming tonna
Matbuot xizmati