18/11/2021

Xiva shahrida boshlangan aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish ishlari belgilangan tartibda davom etmoqda.

Barcha ro‘yxatga olish uchastkalari va ularga berkitilgan instruktorlik hamda statsionar uchastkalarida kunlik ro‘yxatga olish ma’lumotlari yig‘ilib borilmoqda.  Xiva shahrida tashkil etilgan  shtabda ro‘yxatga olish jarayonlarining borishi har kuni muhokama qilinib, ro‘yxatga olingan uy xo‘jaliklari monitoringi yuritilmoqda, jarayon bilan bog‘liq yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish  rejasi tuzilmoqda.

Bugun, 18- noyabr kuni ertalabdan ro‘yxatga oluvchi xodimlar o‘zlariga berkitilgan hududlardagi xonadonlarda savollar varaqasi va planshetlar yordamida aholini ro‘yxatdan o‘tkazish ishlarini boshladilar.

Davlat statistika qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston hamda Xorazm viloyati statistika boshqarmalari mas’ullaridan tashkil topgan ishchi guruhi ro‘yxatga olish jarayonlarini talab darajasida tashkil etilishi va o‘tkazilishi bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatib bormoqda.

      

                                    Axborot xizmati