17/11/2021

Xiva shahrida boshlangan aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish ishlari belgilangan tartibda davom etmoqda.

Barcha ro‘yxatga olish uchastkalari va ularga berkitilgan instruktorlik hamda statsionar uchastkalarida kunlik ro‘yxatga olish ma’lumotlari yig‘ilib borilmoqda.

Xalqaro kuzatuvchilar ro‘yxatga olish uchastkalaridagi ish jarayoni bilan bevosita tanishish barobarida, uchastka boshliqlariga o‘zlarining taklif va tavsiyalarini ham berib bormoqdalar.

Bugun, 17- noyabr kuni ertalabdan ro‘yxatga oluvchi xodimlar o‘zlariga berkitilgan hududlardagi xonadonlarda savollar varaqasi va planshetlar yordamida aholini ro‘yxatga olish ishlarini boshladilar.

Davlat statistika qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyati statistika boshqarmalari mas’ullaridan tashkil topgan ishchi guruhi ro‘yxatga olish jarayonlarini talab darajasida tashkil etilishi va o‘tkazilishi bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatib bormoqda.

      

                                    Axborot xizmati