Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021– yilning 9 oyida viloyatning Bog‘ot tumanida 1 436,8 mlrd.so‘mlik qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilgan va 2020- yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati viloyatdagi eng yuqori, ya’ni 106,5 % darajada qayd etilgan.
Tumanda ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 49,3 % dehqonchilik mahsulotlari, 50,7 % chorvachilik mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Bog‘ot tumani sabzavot (55 826 t.) va uzum (11 357 t.) yetishtirish bo‘yicha viloyatda yetakchilik qilgan.
Axborot xizmati