Xiva shahrida shu yilning 1- noyabrida boshlangan aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish ishlari davom etmoqda.
Shaharda tashkil etilgan barcha ro‘yxatga olish uchastkalarida ham ish qizg‘in tarzda davom qilmoqda. Bugun, ro‘yxatga olish jarayonlarida kuzatuvchi sifatida qatnashayotgan xalqaro ekspert G.V. Shcherbakova (Rossiya), Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Statistika qo‘mitasi vakili G.G.Selisheva (Rossiya) , BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakili Sh.Akramova (O‘zbekiston) hamda Davlat statistika qo'mitasi, viloyat statistika boshqarmasi mas'ullari ro‘yxatga olish uchastkalarida bo‘lib, ish jarayonning tashkil etilishi bilan yaqindan tanishmoqdalar.
O‘z navbatida ro‘yxatga oluvchi xodimlar o‘zlariga berkitilgan hududlardagi xonadonlarda savollar varaqasi va planshetlar yordamida aholini ro‘yxatdan o‘tkazmoqdalar.
Davlat statistika qo‘mitasi hamda viloyat statistika boshqarmasi mas’ullaridan tashkil topgan ishchi guruhi bevosita mahallalarda jarayonning borishini kuzatib, zarur holatlarda ro‘yxatga oluvchi xodimlarga amaliy yordam ko‘rsatib, tegishli tavsiya va topshiriqlarni berib borishmoqda.
Axborot xizmati