2021- yilning 9 oyida viloyatda amalga oshirilgan jami qurilish ishlarining 9,1 % yoki 283,0 mlrd. so‘mi ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Hududlar kesimida ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari hajmi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich Xonqa tumani (63,8 mlrd.so‘m), Urganch shahri (48,4 mlrd.so‘m) hamda Urganch tumanida ( 33,8 mlrd.so‘m) qayd etilgan.
Viloyatning Yangiariq (0,4 mlrd.so‘m) va Hazorasp (1,7 mlrd.so‘m) tumanlarida ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari hajmi past bo‘lgan.
Axborot xizmati