Xiva shahrida aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish ishlari, xususan, 1-5-noyabr kunlari Internet tarmogʻi orqali fuqarolarning ixtiyoriy ro‘yxatdan o‘tishi bilan bog‘liq jarayonlar shu yilning 4- noyabr kuni “8-TV” nodavlat telekanali tomonidan tasvirga olindi.
Targ‘ibot tadbirlari ta’lim muassasalarida davom ettirildi.2023- yilda butun mamlakatimiz miqyosida o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olishning mohiyatini fuqarolarimizga tushuntirish va keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib qilish maqsadida tashkil etib kelinayotgan tadbirlar ta’lim muassasalarida davom qildirildi.
Viloyatning Shovot tumanidagi 29- sonli, Gurlan tumanidagi 2-sonli, Yangiariq tumanidagi 34-sonli umumiy o‘rta maktablari hamda Yangibozor tumani pedagogika va sport kollejida bo'lib o'tgan tadbirlar davomida o‘quvchi yoshlarga aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad, uning yakuniga olinadigan ma’lumotlarning mamlakatimiz iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishidagi ahamiyati xususida ma’lumotlar berildi.
Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, bugun 5- noyabr kuni aholini sinov tariqasida Internet tarmogʻi (census.stat.uz sayti ) orqali roʻyxatga olish yakuniga etkaziladi va 11- noyabrdan e’tiboran Xiva shahri aholisini so‘rovnoma varaqalari asosida uyma-uy yurgan holda ro‘yxatga olish ishlari boshlanadi.
Axborot xizmati