29/10/2021

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston xorijdan qiymati 133,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 1,9 mln. dona mobil telefon import qilgan.

Telefon importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,4 mln. donaga oshgan.

O‘zbekiston 13 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan.

O‘zbekiston mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:

Xitoy – 69,6 mln.

Vetnam – 49,6 mln.

Hindiston – 6,6 mln.

Qozog‘iston – 5,5 mln.

BAA – 960 ming

Germaniya – 647 ming

Rossiya – 175,8 ming

Koreya – 61,1 ming AQSh dollari                                                                                             

     Matbuot xizmati