Xorazm viloyati statistika boshqarmasida joriy yilning 29- oktabr kuni 2021- yil III chorak yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda boshqarma rahbariyati, tarmoq bo‘limlari va hududiy statistika bo‘limlarining boshliqlari va mutaxassislari ishtirok etishdi.
Yig‘ilish kun tartibida, 2021- yil III chorak yakunlari bo‘yicha Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan 27- oktabrda o‘tkazilgan kengaytirilgan Hay‘at yig‘ilishi natijalari”dan kelib chiqqan holda, o‘tgan davrda boshqarmaning tarmoq bo‘limlari hamda tuman (shahar) bo‘limlarining barcha yo‘nalishlardagi faoliyati tanqidiy tahlil qilindi, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish va galdagi vazifalarni amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlarni belgilab olish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilishni boshqarib borgan viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi X. Egamov kun tartibiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining hujjatlari hamda topshiriqlarida Davlat statistika idoralari oldiga qo‘yilgan vazifalar,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining Milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va “2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respbulikasida statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi”da davlat statistika idoralariga yuklatilgan vazifalar hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar borasida alohida to‘xtalib, mas’ullarga tegishli topshiriqlarni berdi.
Shu qatorda Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori doirasida Xiva shahrida shu yilning 1- noyabr kunidan e’tiboran boshlanadigan sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish ishlariga ko‘rilgan tayyorgarlik va tadbirni uyushqoqlik bilan o‘tkazish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. Yig‘ilish yakunida ijro intizomi va tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, vazifalarni o‘z vaqtida bajarmagan xodimlarga tegishli choralar ko‘rish, ish faoliyatini namunali yo‘lga qo‘ygan ishchi-xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
Axborot xizmati