28/10/2021

2021- yil yanvar-sentabr oylarida asosiy  kapitalga investitsiyalarning  86,2 % yoki 4 937,5 mlrd.so‘mi markazlashmagan moliyalashtirish manbalari orqali  o‘zlashtirildi.

         2020- yilning mos davriga nisbatan markazlashmagan investitsiyalar hajmi 44,9 % ga oshgani kuzatilgan.

Asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan markazlashmagan investitsiyalar hajmining tarkibi:     

  • Korxona o‘z mablag‘lari – 1 138,7 mlrd.so‘m,
  • Aholi mablag‘lari – 1 262,4 mlrd.so‘m,
  • To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar – 1 832,3 mlrd.so‘m,
  • Tijorat bank kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari – 704,1 mlrd.so‘m.

Ma’lumot uchun: Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra  hududlar kesimida asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilishi bo‘yicha o‘tgan yilning mos davriga nisbatan eng yuqori o‘sish sur’ati Xorazm viloyatida kuzatilib, 135,2 % ni tashkil qilgan.

 

Axborot xizmati