2023- yilda mamlakatimizda o‘tkaziladigan aholini yalpi ro‘yxatga olish tadbirining targ‘ibotiga qaratilgan uchrashuv va davra suhbatlari viloyatimizning barcha hududlarida davom etmoqda. Ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarga ushbu tadbirning mohiyatini tushuntirish orqali ularning faolligini oshirish e’tiborga molik masala hisoblanadi.
Shu boisdan bugun, 28 - oktabr kuni Urganch shahridagi 22-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi, Urganch tumanidagi hamda Hazorasp tumanidagi 1-son kasb-hunar maktablarida, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida statistika idoralari tomonidan seminarlar tashkil etildi.
Shuningdek, Shovot tumanidagi “Uzunko‘l”, Urganch tumanidagi “Shermatlar”, Urganch shahridagi “Binokor”, Hazorasp tumanidagi “Temirchi” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida aholini ro‘yxatga olish ishlarining maqsadi, mazmun-mohiyati hamda o‘tkazilish tartibi xususida ma’lumotlar berildi.
Axborot xizmati