27/10/2021

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020- yil yakunlariga ko‘ra respublika bo‘yicha toksik va notoksik chiqindilar hosil qiladigan tashkilotlarda hosil bo‘lgan jami chiqindilar miqdori 125,6 mln tonnani tashkil etgan.

Hududlar kesimida tahlil qilinganda, eng yuqori ulush Navoiy viloyatida ekani ma’lum bo‘lgan – 48,2 foiz.

Keyingi o‘rinlardan Toshkent viloyati (34,6 foiz) va Jizzax viloyati (9,1 foiz) joy oldi.

Toksik va notoksik chiqindilar bo‘yicha eng kam ulush Sirdaryo viloyatida qayd etildi – 0,01 foiz. Keyingi o‘rinlardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi (0,02 foiz) hamda Farg‘ona viloyati (0,03 foiz) joy oldi.

Matbuot xizmati