2021- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 1 925,8 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi Urganch shahri (336,4 mlrd. so‘m), Urganch (282,1 mlrd. soʻm), Tuproqqal'a (170,7 mlrd. soʻm), Xonqa (155,4 mlrd. soʻm) va Bog'ot (153,3 mlrd. soʻm) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Qo'shko'pir tumanida (70,8 mlrd. soʻm) sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi eng past bo‘lib qolmoqda.
Axborot xizmati