Hududlar kesimida asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilishi bo‘yicha o‘tgan yilning mos davriga nisbatan eng yuqori o‘sish sur’ati 135,2 % ga o‘sib, Xorazm viloyatida kuzatildi.
Shuningdek, Buxoro viloyatida ham yuqori o‘sish surati kuzatilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 125,1 % ni tashkil qildi. Surxondaryo viloyatida asosiy kapitalga investitsiyalar hajmining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 124,2 % ni tashkil etdi.
Respublikada asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi bo‘yicha yuqori ulush Toshkent shahri – 23,7 %, Toshkent viloyati – 10,5 % va Buxoro viloyatida – 8,4 % kuzatildi.
Matbuot xizmati