2023- yilda mamlakatimizda o‘tkaziladigan aholini yalpi ro‘yxatga olish tadbirining targ‘ibotiga qaratilgan uchrashuv va davra suhbatlari viloyatimizning barcha hududlarida davom etmoqda.
Bugun, 26 - oktabr kuni viloyatning Qo‘shko‘pir va Yangiariq tumanlarida mazkur tadbirning targ‘ibotiga bag‘ishlab uchrashuv va seminarlar tashkil etildi.
Jumladan, Qo‘shko‘pir tumanidagi 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi va “Bekobod” mahalla fuqarolar yig‘inida, Yangiariq tumanidagi 38-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda tuman soliq inspeksiyasida bo'lib o'tgan tadbirlar davomida aholini ro‘yxatga olish ishlarining maqsadi, mazmun-mohiyati hamda o‘tkazilish tartibi xususida ma’lumotlar berildi.
Axborot xizmati