25/10/2021

2021- yil yanvar-sentabr oylarida viloyatda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 5726,8 mlrd. so‘mni tashkil qilib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 135,2 % ga ko‘paydi.

Aholi jon boshiga asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar  2021- yilning yanvar-sentabrida 3 007,9 ming so‘m yoki 133,2 % ni tashkil etdi.

Shahar va tumanlar kesimida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi:

  • Urganch shahri – 1 492,1 mlrd.so‘m,
  • Xonqa tumani – 472,2 mlrd.so‘m,
  • Bog‘ot tumani – 389,5 mlrd.so‘m,
  • Shovot tumani – 251,8 mlrd.so‘m,
  • Urganch tumani – 247,4 mlrd.so‘m,
  • Yangibozor tumani – 237,6 mlrd.so‘m,
  • Yangiariq tumani – 234,5 mlrd.so‘m,
  • Gurlan tumani – 208,2 mlrd.so‘m,
  • Hazorasp tumani – 194,8 mlrd.so‘m,
  • Tuproqqal’a tumani – 179,2 mlrd.so‘m,
  • Qo‘shko‘pir tumani – 177,5 mlrd.so‘m,
  • Xiva shahri – 175,5 mlrd.so‘m,
  • Xiva tumani – 171,1 mlrd.so‘m.

                                                            Axborot xizmati