2021- yilning 9 oyida viloyatda umumiy hajmi 8 212,5 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan va fizik hajm indeksi 113,2 % ga teng bo‘lgan.
Hududlar kesimidagi tahlillarga ko‘ra, hisobot davrida Qo‘shko‘pir tumanida viloyat bo‘yicha eng yuqori sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi indeksi kuzatilib, 143,7 % ni tashkil etgan.
Tumanda joriy yilining yanvar-sentabr oylarida 231,4 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan va viloyat sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi 2,8 % ni tashkil qilgan.
Axborot xizmati