21/10/2021

Til — millatning ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Aynan til tufayli insoniyat u yoki bu xalqqa mansubligidan faxrlanib yashaydi.

O‘zbek tilining boqiyligini ta’minlash, bu tilda yaratilgan asarlarni shu tilning o‘zida mutolaa qilishga erishish, shu orqali o‘zbek millatining qadriyatlari, tarixini asrash maqsadida 1989- yilning 21- oktabrida O‘zbekiston Respublikasining  “Davlat tili to‘g‘risida” gi Qonuni  qabul qilindi.  

          O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 32 yil to‘lishi munosabati bilan Xorazm viloyati statistika boshqarmasida  O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.  Tadbirni boshqarma boshlig‘i v.b.  X.Egamov ochib berib, o‘zbek tilining o‘rni va ahamiyati xususida  to‘xtalib o‘tdi. Hududiy boshqarmaning til masalalari bo‘yicha mutaxassisi N.Samandarova  O‘zbekiston Respublikasining  “Davlat tili to‘g‘risida” gi Qonuni  qabul qilinishining ahamiyati, o‘zbek tili tarixi, mavqei, bugungi kunda globalizatsiya jarayoni natijasida dunyo tillari duch kelayotgan muammolar, tilni saqlab qolishning dolzarbligi masalalari xususida   gapirdi.

                                                             Axborot xizmati