2023- yilda o‘tkaziladigan yalpi aholini ro‘yxatga olish tadbirining targ‘ibotiga qaratilgan uchrashuv va davra suhbatlari viloyatimizning barcha hududlarida davom etmoqda. Keng jamoatchilikni mazkur keng miqyosdagi tadbirdan boxabar etishning eng samarali usuli sifatida targ‘ibot ishlari muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bugun, 21 - oktabr kuni “Yangi O‘zbekistonning bir qismi bo‘l !” shiori ostida o‘tkazilishi belgilangan tadbirning targ‘ibotiga bag‘ishlab viloyatning bir qator idora va tashkilotlarida uchrashuv va seminarlar tashkil etildi. Jumladan, Hazorasp tumanidagi 1-son kasb-hunar maktabida, Yangiariq tumani moliya bo‘limi va 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida, Qo‘shko‘pir tumanidagi “Sherobod” MFY va 25-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida, Tuproqqal’a tumani FHDYo bo‘limi, 14-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida va “Vatanparvar ” tashkilotida, Urganch shahar tibbiyot texnikumi, Viloyat skrining markazi va 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida, Urganch tumanidagi 2-son KHM da bo'lib o'tgan tadbirlar davomida aholini ro‘yxatga olish ishlarining maqsadi, mazmun-mohiyati hamda o‘tkazilish tartibi xususida ma’lumotlar berildi.
Axborot xizmati