Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710-sonli qaroriga muvofiq shu yilning 1-25- noyabr kunlari sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish ishlari o‘tkaziladigan 4 ta hududda tadbirga jalb qilingan xodimlarni o‘qitish va tayyorgarlikdan o‘tkazish belgilangan.
Ana shundan kelib chiqqan holda, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga oluvchi shaxslarni o‘qitish va ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorlash bo‘yicha joriy yilning 4- oktabridan boshlab, Xiva shahrida shartnoma asosida ishga jalb qilinadigan ro‘yxatga olish uchastkasi boshliqlari va o‘rinbosarlari, instruktorlik va statsionar uchastkalari xodimlari hamda bevosita ro‘yxatga olish ishlarini amalga oshiruvchi xodimlarni o‘qitish va amaliy ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminarlari davom etmoqda.
Mazkur seminarlar guruhlar kesimida tashkil etilib, har bir guruh a’zolari nazariy mashg‘ulotlar yakunida, bevosita mahallalarga chiqqan holda, o‘rganganlarini amaliy jihatdan mustahkamlab bormoqdalar.
Axborot xizmati