2023- yilda o‘tkaziladigan yalpi aholini ro‘yxatga olish tadbirining targ‘ibotiga qaratilgan uchrashuv va davra suhbatlari viloyatimizning barcha hududlarida davom etmoqda. Keng jamoatchilikni mazkur keng miqyosdagi tadbirdan boxabar etishning eng samarali usuli sifatida targ‘ibot ishlari muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tashkil etilayotgan targ‘ibot tadbirlari davomida “Yangi O‘zbekistonning bir qismi bo‘l !” shiori ostida o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olish ishlarining maqsadi, mazmun-mohiyati hamda o‘tkazilish tartibi xususida fuqarolarga ma’lumotlar berib borilmoqda.
Bugun, 14 - oktabr kuni viloyatning Urganch tumanidagi 36-sonli umumta’lim maktabi, Qo‘shko‘pir tumani moliya bo‘limi va tumandagi 2-son kasb-hunar maktabi, Xonqa tumanidagi 37-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi va tuman byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasida targ‘ibot uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Shu kunlarda Xiva shahrida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish ishlariga jalb qilingan xodimlarni reja-dastur asosida o‘qitish va malakasini oshirish bo‘yicha tashkil etilgan seminarlar davom etmoqda.
Axborot xizmati