Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- oktabr holatiga respublikaning doimiy aholisi soni 35,1 mln. kishini tashkil etmoqda.
Yil boshidan buyon doimiy aholining o‘sish sur’ati 1,5 % ga oshgan.
Mamlakatimiz aholisi yil boshidan buyon har oyda o‘rtacha 57 811 kishiga ko‘paygan.
2021- yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,9 ming kishiga oshgan.
O‘zbekistonda yil boshidan 670,7 ming tug‘ilish qayd etilgan.
Matbuot xizmati