Xiva shahrida shu yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish ishlariga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Tadbirga jalb qilingan xodimlarni reja-dastur asosida o‘qitish va malakasini oshirish bo‘yicha seminarlar o‘tkazilmoqda.
Shu bilan birgalikda, 2023- yilda o‘tkaziladigan yalpi aholini ro‘yxatga olish tadbirining targ‘ibotiga qaratilgan uchrashuv va davra suhbatlari viloyatimizning barcha hududlarida davom etmoqda. Keng jamoatchilikni mazkur keng miqyosdagi tadbirdan boxabar etishning eng samarali usuli sifatida targ‘ibot ishlari muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tashkil etilayotgan targ‘ibot tadbirlari davomida “Yangi O‘zbekistonning bir qismi bo‘l !” shiori ostida o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olish ishlarining maqsadi, mazmun-mohiyati hamda o‘tkazilish tartibi xususida fuqarolarga ma’lumotlar berib borilmoqda.
Joriy yilning 12 - oktabr kuni viloyatning Urganch tumani “Yangiobod”. Urganch shahridagi “Ashxobod” mahalla fuqarolar yig‘inlarida, Hazorasp pedagogika kollejida, UrDU texnika fakultetida, Qo‘shko‘pir tumani ijtimoiy soha vakillari ishtirokida targ‘ibot uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Axborot xizmati