Joriy yilning yanvar-avgust oylarida viloyatning eksportyorlari soni 155 tani tashkil etib, ular tomonidan 142,4 mln. AQSh dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta’minlandi. 2020- yilning mos davriga nisbatan eksport hajmi 23,5 % ga koʻpaygan.
Eksportning umumiy hajmida MDH davlatlarining ulushi 14,9 % ni, boshqa xorijiy davlatlarning ulushi esa 85,1 % ni tashkil qilgan.
2015-2020- yillarda viloyatning MDH dan boshqa xorijiy davlatlarga tovar va xizmatlar eksporti dinamikasi:
- 2015- yilda – 97,4 mln. AQSh dollari,
- 2016- yilda – 65,6 mln.,
- 2017- yilda – 76,1 mln.,
- 2018- yilda – 33,8 mln.,
- 2019- yilda – 37,9 mln.,
- 2020- yilda – 48,8 mln.
Axborot xizmati