2021- yilning yanvar-avgust oylarida viloyatda 1 081,6 mlrd.so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
2020- yilning 8 oyida nisbatan ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati 119,3 % ni tashkil qilgan.
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha o‘sish sur’ati yuqori bo‘lgan hududlar:
- Gurlan tumani - 145,6 %,
- Urganch shahri - 134,8 %,
- Yangibozor tumani - 134,1 %,
- Hazorasp tumani - 124,4 %.
Ma’lumot uchun: viloyatning Yangiariq (99,4 %), Tuproqqal’a (97,2%) Xiva (80,7 %) tumanlari hamda Xiva shahrida (88,6 %) mahsulot ishlab chiqarish hajmida 2020- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan o‘sish kuzatilmagan.
Axborot xizmati