12/10/2021

Viloyatimizning  barcha hududlarida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik jarayonlari izchil davom etmoqda.  Keng jamoatchilikni mazkur keng miqyosdagi tadbirdan boxabar etishning eng samarali usuli sifatida targ‘ibot ishlari  muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tashkil etilayotgan  targ‘ibot tadbirlari davomida “Yangi O‘zbekistonning bir qismi bo‘l !” shiori ostida o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olish ishlarining maqsadi, mazmun-mohiyati hamda o‘tkazilish tartibi xususida fuqarolarga ma’lumotlar berib borilmoqda.

Joriy yilning  11 - oktabr kuni  viloyatning Tuproqqal’a tumani FHDYo bo‘limida, Hazorasp tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi va  “Temirchi maskan” mahalla fuqarolar yig‘inida, Qo‘shko‘pir tumanidagi “Vahimchi” MFY da, Xonqa tumanidagi 427-saylov uchastkasi, “Mangulik” MFY da hamda Yangiariq tumanidagi 15-son bolalar musiqa maktabi  va tuman  hokimligi buxgalteriya bo‘limida bo‘lib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, sinov tariqasi o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish ishlariga jalb qilingan xodimlarni maxsus dastur asosida o‘qitish va amaliy ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha shu kunlarda Xiva shahrida o‘quv-amaliy seminarlar o‘tkazilmoqda.

 

                                                                        Axborot xizmati