08/10/2021

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710-sonli qaroriga muvofiq shu yilning 1-25- noyabr kunlari sinov tariqasida  aholini ro‘yxatga olish ishlari o‘tkaziladigan 4 ta hududda tadbirga jalb qilingan xodimlarni o‘qitish va tayyorgarlikdan o‘tkazish belgilangan.

Ana shundan kelib chiqqan holda, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga oluvchi shaxslarni o‘qitish va ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorlash bo‘yicha joriy yilning 4 oktabridan boshlab, Xiva shahrida shartnoma asosida ishga jalb qilinadigan 14 nafar ro‘yxatga olish uchastkasi  boshliqlari va o‘rinbosarlarini maxsus dastur asosida o‘qitish va amaliy ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminarlar boshlangan edi.

Bir necha kunlik nazariy mashg‘ulotlardan keyin, bugun 8- oktabr kuni ushbu xodimlar Xiva shahridagi “Qiyot” mahalla fuqarolar yig‘iniga chiqib,  bevosita sxematik xaritalari asosida uy-joylar ro‘yxatidan foydalanish, so‘rovnoma blankalarini to‘g‘ri to‘ldirish,  respondentlar bilan muloqat qilish, to‘ldirilgan blankalarni saqlanishi va topshirilishi amaliyotini o‘tkazdilar.

                                                                         Axborot xizmati