07/10/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 8 oyi yakuni boʻyicha viloyatning tashqi savdo aylanmasi (TSA) 423,0 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2020 - yilning mos davriga nisbatan 135,8 mln. AQSh dollariga yoki 47,3 % ga koʻpaygan.

TSA hajmida MDH davlatlarining ulushi 31,1 % ni, jami hajmi 131,6 mln. AQSh dollarini tashkil qilgan.

Viloyat TSA sida yuqori hajmga ega MDH davlatlari:

  • Rossiya Federatsiyasi – 65,6 mln. AQSH dollari,
  • Qirg‘iz Respublikasi – 26,7 mln.,
  • Qozog‘iston – 18,9 mln.,
  • Turkmaniston – 7,3 mln.,
  • Ukraina – 6,2 mln.

 

                                                                                            Axborot xizmati