Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-avgust oylarida viloyatning Qirg‘iz Respublikasi bilan tashqi savdo aylanmasi hajmi 26,7 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan. Shundan, eksport hajmi 26,6 mln.dollarni, import – 0,1 mln. dollarni tashkil qilgan.
Qirg‘iz Respublikasi bilan viloyatning TSA si hajmi 2020- yilning shu davriga nisbatan 4,4 mln.dollarga kamaygan bo‘lsa-da, hisobot davrida MDH davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasining umumiy hajmida ushbu davlatning ulushi 20,3 % ga teng bo‘lgan.
Axborot xizmati