Yangi O‘zbekistonning bir qismi bo‘l !” shiori ostida o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olish ishlariga viloyatimizning barcha hududlarida tayyorgarliq olib borilmoqda. Shu kunlarda idora,tashkilot va muassasalarda tadbirning mazmun- mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.Keng jamoatchilikni mazkur keng miqyosdagi tadbirdan boxabar etish maqsadida bugun, 6- oktabr kuni Xonqa tumanidagi 31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda tuman Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo‘limida seminar tashkil etildi.
Tadbir davomida tuman statistika bo‘limi etakchi mutaxassisi M.Masharipova aholini ro‘yxatga olishga oid yangi me’yoriy hujjatlar, ro‘yxatga olish ishlarini tashkil qilish tartibi, sinov tariqasida joriy yilning 1-25-noyabrida Xiva shahrida o‘tkaziladigan ro‘yxatga olish ishlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlik xususida ma’lumot berdi.
Axborot xizmati