05/10/2021

‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 710-son qarori bilan tasdiqlangan “Aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga  jismoniy va yuridik shaxslarni jalb etish va ularga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida” gi Nizomda sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish belgilangan  hududlarda ro‘yxatga olish, instruktorlik  va hisob uchastkalariga vaqtincha jalb etiladigan xodimlarning malakasini oshirishga qaratilgan  chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.

Ana shundan kelib chiqqan holda, joriy yilning 4- oktabridan e’tiboran Davlat statistika qo‘mitasi va viloyat statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan Xiva shahrida ro‘yxatga olish ishlariga vaqtincha jalb qilinadigan xodimlar uchun tashkil etilgan o‘quv-amaliy seminari o‘z ishini boshladi. Seminar davomida ro‘yxatga olish uchastkasi xodimlari,instruktorlar hamda ro‘yxatga oluvchi xodimlarni bosqichma-bosqich o‘qitish va amaliy ko‘nikmalarini oshirish nazarda tutilgan. Asosiy maqsad xodimlarning belgilangan muddatda o‘z lavozim majburiyatlarini sifatli va to‘liq bajarilishiga erishish va pirovard natijada shu yilning 1-25- noyabr kunlari Xiva shahrida sinov tariqasida o‘tkaziladigan ro‘yxatga olish ishlarini samarali tashkil etishdan iborat.

 

                                                                           Axborot xizmati