Viloyatimizning barcha hududlarida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik jarayonlari izchil davom etmoqda. Keng jamoatchilikni mazkur keng miqyosdagi tadbirdan boxabar etishning eng samarali usuli sifatida targ‘ibot ishlari muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tashkil etilayotgan targ‘ibot tadbirlari davomida “Yangi O‘zbekistonning bir qismi bo‘l !” shiori ostida o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olish ishlarining maqsadi, mazmun-mohiyati hamda o‘tkazilish tartibi xususida fuqarolarga ma’lumotlar berib borilmoqda.
Joriy yilning 5 - oktabr kuni ana shunday seminar, uchrashuv va davra suhbatlari Urganch shahar iqtisodiyot bo‘limida, Hazorasp tumanidagi “Al- Xorazmiy” mahalla fuqarolar yig‘ini hamda kadastr agentligida, Tuproqqal’a tumanidagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida, Urganch tumanidagi “Arboblar” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tdi.
Axborot xizmati