2021- yilning 8 oyida chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida ovqatlanish tashkilotlarining savdo aylanmasi 1,0 % ni tashkil etib, 62,6 mlrd. so‘mga yetdi va 2020- yil yanvar-avgust oylariga nisbatan 3,6 % ga oshdi.
Tahlillar Shovot tumani (98,7 %) dan tashqari viloyatning barcha hududlarida umumiy ovqatlanish korxonalari savdo aylanmasida o‘sish kuzatilganini ko‘rsatgan.
Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida ovqatlanish tashkilotlarining jami savdo aylanmasining 89,4 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Axborot xizmati