2021- yilning yanvar-avgust oylarida viloyatda chakana savdo tovar aylanmasining umumiy hajmi 6 077,0 mlrd. so‘mni tashkil etgan.
Jami hajmda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining ulushi 87,2 % ni tashkil etib, hududlar bo‘yicha Tuproqqal’a (99,8 %), Yangiariq (99,4 %) va Bog‘ot (99,2 %) tumanlari yetakchilik qilmoqda.
Hisobot davrida yirik korxonalarning chakana tovar aylanmasi tarkibidagi ulushi 12,8 % ni tashkil etib, eng katta ulush Urganch shahrida (31,1 %), Urganch tumanida (6,2 %) va Xiva shahrida (5,9 %) kuzatildi.
Axborot xizmati