Bugungi kunda BMT dunyo mamlakatlarini har 10 yilda kamida bir marotaba o‘z aholisini ro‘yxatga olishga da’vat etadi. Buning bir qancha sabablari bor, albatta. Avvalo, 10 yil ichida jamiyatda salmoqli o‘zgarishlar ro‘y beradi. Avvalgi ro‘yxatga olish usullari samaradorligi sezilarli darajada kamayishi sababli, so‘rovnomalar mazmuniga tuzatishlar, ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash usullariga zamonaviy talablardan kelib chiqqan holda o‘zgartirishlar kiritish talab etiladi.
Ro‘yxatga olishda qatnashayotgan har bir fuqaro o‘zi haqidagi ma’lumotlarni taqdim eta turib, o‘zlari mansub bo‘lgan kishilar guruhiga tegishli ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi. Aholini ro‘yxatga olish natijalari mamlakatimizning keyingi demografik va ijtimoiy siyosatini beligilash bilan birga, respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlari hamda dasturlarini tuzishda keng qo‘llaniladi.
Ro‘yxatga olish natijasida shakllantiriladigan mamlakatdagi ish beruvchilar haqidagi ma’lumotlar esa xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va rag‘batlantirishga yo‘l ochadi. Biznes vakillari ro‘yxatga olish ma’lumotlari orqali mehnat hamda iste’mol bozorining holatini baholash, talab va takliflar ehtiyojini aniqlash imkoniga ega bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, aholi to‘g‘risida to‘planadigan ma’lumotlar barcha sohalarni rivojlantirib, mamlakatni yanada taraqqiy ettirishga, jahon maydonida Yаngi O‘zbekistonning yangicha qiyofasini aks ettiruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston BMT ning to‘laqonli a’zosi sifatida o‘z aholisini ro‘yxatdan o‘tkazishni belgilab olgan 228- mamlakat bo‘lib mazkur xalqaro tashkilot tomonidan ro‘yxatga olindi.
Muyassar Masharipova
Xonqa tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi