2021- yilning yanvar-avgust oylarida viloyatda bajarilgan ixtisoslashtirilgan qurilish ishlarining hajmi 236,6 mlrd.so‘mni tashkil etib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 10,2 % ga teng bo‘lgan.
Viloyat bo‘yicha jami ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari hajmida eng yuqori – 26,2 % ulush Xonqa tumani hissasiga to‘g‘ri kelgan. Tumanda hisobot davrida 61,9 mlrd.so‘mlik shu turdagi qurilish ishlari bajarilgan. Keyingi yuqori hajm ko‘rsatkichlari Urganch shahri (40,9 mlrd.so‘m) hamda Urganch tumanida (28,4 mlrd.so‘m) qayd etilgan.
Axborot xizmati