30/09/2021

2021-  yilning 1- sentabr holatiga viloyatda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 1 515 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,1 foizga oshdi.

Tahlillarga ko‘ra, hisobot davrida oziq-ovqat va ichimliklar yetkazish bo‘yicha xizmatlarning 15,3 foizga (jami yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasidagi ulushi 84,7 foiz), yashash bo‘yicha xizmatlarning 10,0 foizga (15,3 foiz) o‘sishi natijasida sohadagi korxona va tashkilotlar sonining ko‘payishi kuzatilgan.

Ma’lumot uchun: yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning 1 503 tasi yoki  99,3 % ni kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil qiladi.

 

                                                                                                                      Axborot xizmati