2021- yilning yanvar-avgust oylarida viloyat sanoat korxonalari tomonidan 1 548,5 mlrd. so‘mlik to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan va 2020- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 139,0 % ga teng bo‘lgan.
Ishlab chiqaradigan sanoatning umumiy hajmida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 21,8 % ni tashkil qilgan.
2020- yilning yanvar-avgust oylarida viloyatda umumiy hajmi 1 116,7 mlrd.so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan edi.
Axborot xizmati