Viloyatimizning Xiva shahrida joriy yilning noyabr oyida sinov tariqasida o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish ishlariga shu kunlarda qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Xususan, ro‘yxatga olishda ishtirok etuvchi xodimlarni tanlab olish, ro‘yxatga olish uchastkalarini moddiy-texnika bazasini shakllantirish ishlari yakuniga temoqda. Shu qatorda viloyatimizning barcha hududlarida 2023- yilda o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olishni targ‘ibotiga bag‘ishlangan ishlar ham samarali tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 30- sentabr kuni aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka etkazish bo‘yicha seminar, uchrashuv va davra suhbatlari Tuproqqal’a tumani Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limida, Bog‘ot tumani 1-son kasb-hunar maktabida, Xonqa tumani hokimligi iqtisodiyot bo‘limi, 28-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi, “Ezgulik” mahalla fuqarolar yig‘inida, Urganch shahridagi 15-son umumta’lim maktabi hamda Axborot-kutubxona markazida, Qo‘shko‘pir tumani soliq inspeksiyasida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirlarning asosiy mavzusi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 - yil 11- noyabrdagi 710-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomning asosiy qoidalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berishga bag‘ishlandi.
Axborot xizmati