29/09/2021

 Joriy yilning yanvar-avgust oylarida viloyatda umumiy hajmi 270,0 mlrd. so‘mlik  aloqa va axborotlashtirish xizmatlari ko‘rsatilgan.

 2020- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 120,3 % ni tashkil qilgan.

 Jami xizmatlar hajmida aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining ulushi 5,1 % ga teng bo‘lgan.

Taqqoslash uchun: 2020- yilning yanvar avgust oylarida mazkur xizmatlar hajmi 220,8 mlrd.so‘mni, o‘sish sur’ati 111,6 % ni, jami xizmatlar hajmidagi ulushi esa 5,5 % ni tashkil qilgan .

 Hisobot davrida aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining eng ko‘p hajmi Urganch shahri (34,9 mlrd so‘m) va Urganch tumanida (27,5 mlrd.so‘m) qayd etilgan.

Eng kam hajm ko‘rsatkichi esa Yangibozor (12,2 mlrd.so‘m) va Tuproqqal’a (7,6 mlrd.so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

                                                                                                                      Axborot xizmati