Mamlakatimizda 2023- yilda o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rishda targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Tuman (shahar) statistika bo‘limi mutaxassislarining sa’y-harakatlari bilan viloyatimizning barcha idora va tashkilotlarida targ‘ibot tadbirlari uzluksiz o‘tkazib kelinmoqda
Bugun, 29- sentabr kuni targ‘ibot tadbirlari Qo‘shko‘pir tumanidagi 25-sonli umumta’lim maktabida, Urganch tumanidagi “Anjirchilar” MFY , 43-sonli maktab hamda “Yaqub Razzoq” MChJ da, Hazorasp tumanidagi “Oybek ” MFY hamda 21-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazildi.
Tadbirlarning asosiy mavzusi aholini ro‘yxatga olishga puxta tayyorgarlik ko‘rish va unda barcha fuqarolarning uyushqoqlik bilan ishtirok etishini ta’minlash masalasiga bag‘ishlandi.
Shu bilan birga mazkur tadbirni o‘tkazish mexanizmlari, usul va vositalari xususida savol-javob tarzida suhbatlashilib, aholini ro‘yxatga olishning maqsad va vazifalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 - yil 11- noyabrdagi 710-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomning asosiy qoidalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.
Axborot xizmati