2021- yilning 1- sentabr holatiga viloyatda ro‘yxatdan o‘tgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar soni 11 865 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 022 taga yoki 20,5 foizga oshgan.
Shundan 11 191 tasi yoki 94,3 % faoliyat ko‘rsatayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlari hisoblanadi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ular soni 2 257 taga yoki 25,3 foizga oshganligini ko‘rish mumkin.
Joriy yilning yanvar-avgust oyida 150 ta mas’uliyati cheklangan jamiyat yangi tashkil etilgan.
Axborot xizmati