Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-avgust holatiga, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 16 yoshgacha bolalar mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklar 76,2 % ni tashkil etdi, shundan 24,1 % bir bolali, 25,8 % ikki bolali, 18,3 % uch bolali hamda 7,9 % uy xo‘jaliklarda to‘rt va undan ko‘p bolalilarni tashkil etgan. 23,8 % uy xo‘jaliklarda esa 16 yoshgacha bolalar mavjud emas.
Ma’lumot uchun: 2000- yilda 81,4 % uy xo‘jaliklarda 16 yoshgacha bolalar mavjud bo‘lgan bo’lsa, 18,6 % uy xo‘jaliklarda 16 yoshgacha bolalar mavjud bo’lmagan.
Matbuot xizmati