28/09/2021

2021- yilning 1- sentabr holatiga viloyatda  xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 195 tani tashkil qilgan.

  Sohalar kesimida eng katta ulush sanoatga tegishli bo‘lib, jami korxonalar sonining 36,4 % ni tashkil etgan.

  Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra tarkibi:

  • Sanoat – 71 ta,
  • Savdo – 41 ta,
  • Qurilish – 28 ta,
  • Qishloq,o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 21 ta,
  • Yashash va ovqatlanish xizmatlari – 10 ta,
  • Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasi – 8 ta,
  • Axborot va aloqa – 2 ta,
  • Tashish va saqlash xizmatlari sohasi – 1 ta,
  • Boshqa turlari – 13 ta. 

                                                                                                                      Axborot xizmati