Mamlakatimizda 2023- yilda o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rishda targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Shu kunlarda viloyatimizning barcha hududlarida keng jamoatchilikka tadbirning mazmun-mohiyatini etkazish va shu orqali ularning faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan qizg‘in targ‘ibot ishlarini olib bormoqdalar.
Joriy yilning 27- sentabr kuni viloyatning Gurlan tumanidagi bir qator muassasalarda statistika bo‘limi mutaxassislari tomonidan uchrashuvlar tashkil etildi. Xususan tumandagi 3-son kasb-hunar maktabi o‘quvchilari bilan o‘tkazilgan seminar aholini ro‘yxatga olishning ahamiyati va vazifalariga bag‘ishlandi. Shuningdek, tumandagi “Moyli” mahalla fuqarolar yig‘inida mamlakatimizda 2023- yilda o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik va uni tashkil qilish tartibi, bu bo‘yicha mahalla faollarining vazifalari bo‘yicha suhbat o‘tkazildi.
Axborot xizmati